Surxondaryoda aholini toza ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni joriy ta’mirlash va tibbiyot sohasini rivojlantirishga qariyb 304 milliard so‘m ajratildi

23.10.2018, 17:32

Surxondaryoda aholini toza ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni joriy ta’mirlash va tibbiyot sohasini  rivojlantirishga qariyb 304 milliard so‘m ajratildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyat moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining joriy yilning o‘tgan davri mobaynida olib borgan ishlari muhokama etildi.

– Mahalliy budjetga 222,7 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ undirishga erishdik, – deydi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B. Xudoyberganov. – Mahalliy budjetning xarajatlar taqsimoti 1 trillion 448 milliard 700 million so‘mni tashkil etib, o‘tgan vaqt davomida 1 trillion 746 milliard 300 million so‘m mablag‘ ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, investitsiya dasturlari va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari xarajatlariga yo‘naltirildi

Hisobotda shuningdek,  qo‘shimcha manbalar hisobidan 303 milliard 831 million so‘m mablag‘ aholini toza ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni joriy ta’mirlash va tibbiyot sohasini  rivojlantirishga ajratilgani aytib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida muhokama etilgan masalalar deputatlar tomonidan tanqidiy tahlil etilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1250
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+