OʻzLiDeP deputatlari “Hasan-Husan” korxonasiga zamonaviy bog‘cha uchun yer maydoni ajratishga ko‘maklashadi

23.10.2018, 17:36

OʻzLiDeP deputatlari “Hasan-Husan” korxonasiga zamonaviy bog‘cha uchun yer maydoni ajratishga ko‘maklashadi

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi Prezidentimizning “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishonchli himoya qilishni taminlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari” mavzusida tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.  

Partiya Olmazor tuman Kengashi va Yoshlik talabalar shaharchasi hamkorligida Turin politexnika universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shu mavzuga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda Xalq deputatlari va Olmazor tuman Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tadbirkorlar va partiyaning faol a’zolari ishtirok etdi. 

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad tadbirkorlarimizni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish va partiya vositalar ko‘magida tadbirkorlik sub’ektlarini sonini ko‘paytirishdan iborat. 

– Faoliyatimiz oynaga maxsus ishlov berishdan iborat, – deydi  tadbirkor, OʻzLiDeP faoli Doston Yeshimov. – Hozirda 8 nafar kishini ish bilan taminlaganmiz. Faoliyatimizni yanada kengaytirib, mahsulotlarimizni xorij bozorlariga olib chiqishni rejalashtiryapmiz.

Tadbir davomida “Hasan-Husan” korxonasi rahbari, OʻzLiDeP a’zosi  Hasan Baltaboyev 150 kishilik zamonaviy turdagi maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil qilish uchun yer maydonini ololmayotganini aytib, partiya vakillaridan yordam so‘radi. Mazkur muammo yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari mutasaddi tashkilotlarga so‘rov bilan chiqishga kelishib olishdi.

Murodjon O‘RINOV

OʻzLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    424
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-24 08:25:34

Партиямиз иш фаолиятини жонлантиришда , партиянинг жамяитдаги урни ва мавкейини иширишда бирдан бир куч депутатларимиз булиб саналади. Улар халкнинг орасига канчалик кириб якинлашса муомма хам уз узидан камаяди, бундан эса халкимиз рози булади албатта


Fikringizni qoldiring

+