O‘zLiDeP rahbari xivalik tomorqachiga gul yetishtirishda Andijon tajribasini o‘rganish taklifini berdi

24.10.2018, 12:37

O‘zLiDeP rahbari xivalik tomorqachiga gul yetishtirishda  Andijon tajribasini o‘rganish taklifini berdi

Xabaringiz bor, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Aktam Xaitov hududlarda faoliyat yuritayotgan qator tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo‘jaliklari va issiqxona tashkil qilgan tomorqachilar xonadonida bo‘lib, ular bilan yaqindan muloqotda bo‘lmoqda, taklif va fikr-mulohazalarini tinglamoqda.

O‘zLiDeP rahbari qoraqalpog‘istonlik tadbirkor va fermerlar bilan uchrashuvlaridan so‘ng Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Partiya rahbarining Xivaga tashrifi davomida tumandagi “Boltaboy oqsoqol” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli bo‘lib, hozirda Chinobod  qishlog‘idagi jami 400 gektarlik “Eshonrabot” tabiiy suv havzasi negizida intensiv usulda Ve’tnam baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Partiya vakillari baliq mahsulotlaridan tayyorlanadigan konserva zavodini ham ko‘zdan kechirdi, ishchi-xodimlar bilan yaqindan suhbatda bo‘ldi.

- Mazkur yo‘nalishda ish boshlashimiz uchun Vetnamdan tajribali mutaxassislarni jalb qilganmiz, - deydi mazkur fermer xo‘jaligi rahbari Otaboy Allaberganov. – Hozirda 10 gektar yer maydonida sun’iy havzalar barpo qildik. Intensiv usulda baliq yetishtirish mahsulot yetkazib berish hajmini odatdagidan o‘n hissa oshirish imkonini yaratadi. Umumiy loyiha qiymati 10,8 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Baliq yetishtirish va uni qayta ishlash majmuamiz tarkibida maxsus omuxta yem sexi va konserva zavodi barpo etilgan. Zavodimiz yiliga 500 tonna baliq mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish quvvatiga ega.

A.Xaitov shuningdek, mazkur fermer xo‘jaligi qoshida tashkil etilgan barxan bo‘ylaridagi turistik zonalarda bo‘lib, u yerda sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi. Faoliyatini bundan-da rivojlantirish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Partiya rahbari “Xudargan ota” fermer xo‘jaligi rahbari Xushnud Jumaniyazov bilan ham suhbatda bo‘ldi. Bo‘sh turgan dala maydonidan unumli foydalanish, yil bo‘yi yetishtiradigan poliz mahsulotlari uchun  issiqxonalar tashkil qilish, shu bilan bir qatorda issiqxonada ko‘chat va gullarni parvarishlashni yo‘lga qo‘yish borasida o‘z ko‘rsatmalarini berdi.

Shuningdek A.Xaitov tumandagi Shomoxulum qishlog‘i aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, aholining bugungi kundagi mavjud muammolari, istaklari va imkoniyatlari borasida ham o‘zaro fikr almashdi. Muloqot doirasida mazkur qishloqda istiqomat qilayotgan Baxrom Sobirovning 7 sotix yer maydonida issiqxonada yetishtirayotgan gulchilik faoliyati bilan tanishdi. Baxrom aka issiqxonasidan 50-60 mln. so‘m atrofida daromad olayotganligini aytib o‘tdi. Partiya rahbari tomorqachiga gullarning yangi navlarini yetishtirish bo‘yicha Andijon viloyatidagi gulchilik fermer xo‘jaliklari tajribasini o‘rganishni va imkoniyatlardan foydalangan holda faoliyatini bundan-da rivojlantirishni tavsiya qildi.

O‘zLiDeP rahbarining xorazmlik tadbirkor va fermerlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1061
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-24 15:29:48

Партиямиз рахбарининг тадбиркорларимизга уз тажрибасидан келиб чикиб, тажриба олмашиш буйича курсатма берген таклифлари тадбиркорларимиз тамонидан куллаб кувватланади албатта.


Fikringizni qoldiring

+