“8-mart” dagi a’zolarimiz soni 102 nafar yetdi

25.10.2018, 09:22

“8-mart” dagi a’zolarimiz soni 102 nafar yetdi

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi “Ayollar qanoti” “8-mart” korxonasida “Ayollar tadbirkorligi – ijtimoiy barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda yirik tadbirkorlar hamda partiya deputatlik guruhi a’zolari “Har bir oila – tadbirkor” dasturi mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritishdi. 

– Tashkilotimizda 350 dan ortiq xotin-qiz ishlaydi, – deydi “8-mart” MChJ rahbari Anvar Temirov. – 77  turdagi mahsulot ishlab chiqaryapmiz. Tayyorlagan mahsulotlarimiz 8 davlatga eksport qilinmoqda. Partiyaning bevosita ko‘magida 30 nafar ayollar korxona ishchisiga aylandi. Hozirgi kunda 80 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlarimiz bor. Ish o‘rinlarini kerakli kadrlar bilan to‘ldirishda O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi ko‘maklashmoqda.

Tadbir davomida korxona ishchi-xizmatchilaridan 78 nafariga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Rustamjon HAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim boshlig‘i

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    979
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хива туман Кенгаши ижрочи котиби Я.Хожаниязова2018-10-25 16:04:32

O‘zLiDeP сафида аёлларимизнинг кундан-кунга фаоллашиб бораётгани бизни қувонтиради, албатта. Чунки, аёллар қанчалик кўпчиликни ташкил қилса, улар ўз фарзандларига ҳам бизнинг партиямиз ғояларини сингдиришда ҳам шунчалик катта кучга эга бўлганимиз демакдир.


Fikringizni qoldiring

+