QARORLAR IJROSIGA MARHAMATLIK TADBIRKORLAR QANDAY YoNDAShMOQDALAR?

01.12.2017, 16:35

QARORLAR IJROSIGA MARHAMATLIK TADBIRKORLAR QANDAY YoNDAShMOQDALAR?

O’zLiDeP Marhamat tuman Kengashi tashabbusi bilan “Tadbirkorlar va fermerlar muloqot forumi” loyihasi doirasida “Tadbirkorlar qonunlar himoyasida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Prezidentimizning “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, “Meva-sabzavot mahsulotlari uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosiga bag‘ishlandi.

Tadbirda mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari, partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari, tumandagi BPTlar vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

– Ko‘p tarmoqli xo‘jaligimiz ekin maydonlarida yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari Rosiya Federatsiyasining qator shaharlariga eksport qilinadi, – deydi tumandagi “Maqsudov” fermer xo‘jaligi rahbari Davronbek Maqsudov. – Mahsulotlarimizni xorijiy mamlakatlarda sotishda birinchi navbatda ularning sanitariya norma-qoidalariga qay darajada javob berishini tahlil qilamiz. Undan so‘ng tashqi bozorning joriy va istiqboldagi kon’yunkturalarini o‘rganamiz. Shu asosda eksportni tashkil qilamiz. Bunda albatta duch kelingan to‘siqlarni bartaraf qilishda partiyamiz ko‘magidan doimiy foydalanamiz.

Davra suhbati davomida qatnashchilar mutasaddilardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

O’zLiDeP Andijon viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1577
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+