O‘zLiDeP rahbari tuyaqushchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi faoliyatini yanada kengaytirishda ko‘maklashadi

25.10.2018, 09:37

O‘zLiDeP rahbari tuyaqushchilikka ixtisoslashgan  fermer xo‘jaligi faoliyatini yanada  kengaytirishda ko‘maklashadi

O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi davomida tuyaqushchilikka ixtisoslashtirilgan “Ibrat-Ro‘zmat” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.

– Faoliyatimizni 5 ta tuyaqush boqishdan boshlaganmiz, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Zamira Tojiyeva. – Bugungi kunda ularning soni 40 taga yetdi. O‘tgan yildan boshlab tuyaqushlarimiz tuxum qo‘ya boshladi. Tuyaqush jo‘jalarini ko‘paytirish uchun inkubatsiyamiz ham bor. Tuyaqush tuxumlarini Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlaridan kelib sotib olishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 6 gektar yer maydonda joylashgan mazkur fermer xo‘jaligida tuyaqushdan tashqari, 15 turdagi parranda turlari ham ko‘paytirilmoqda. Partiya rahbari tuyaqush va bedana go‘shti va tuxumi katta daromad keltirishini ta’kidladi. Fermer xo‘jaligi faoliyatini yanada kengaytirish uchun qo‘shimcha yer maydoni olishda mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari partiya vositalar orqali yordam berishini ma’lum qildi.

                                                                                                                                             Ruslan Rahimov,

O‘zLiDeP Qo‘shko‘pir tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1451
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Musoxon2018-12-19 01:04:00

Assalomu alaykum men ham farg'ona viloyatida tuyaqush boqmoqchiman buning uchun qanday qilib kredit olsam bo'ladi


Хива туман аппарат раҳбари Ш.Атажанов2018-10-25 12:32:33

O‘zLiDeP партияси раҳбари Актам Хаитов туманларга ташрифи давомида фермерлар ва аҳоли билан учрашиб, фермер ва томорқачиларни қийнаётган муаммоларнинг ечими юзасидан, уларга ўз таклифларини бериб, зарур кўрсатмалар бердилар.


Fikringizni qoldiring

+