O‘zLiDeP 15 yil ichida aholining barcha qatlamlari orasida faol ish olib boruvchi katta kuchga aylandi
25.10.2018, 09:46
O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi partiya tashkil topganligining 15 yilligi munosabati bilan “O`zLiDeP - tadbirkor ayollar manfaatlari himoyachisi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etdi.
Tadbirda mamlakatimizda tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishda xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, xizmat ko‘rsatish va ekoturizm sohalarini rivojlantirish borasida rejalashtirilayotgan vazifalar muhokama qilindi.
– O‘zLiDeP o‘tgan 15 yilda aholining barcha qatlamlari orasida ish olib boruvchi katta kuchga aylandi, – deydi O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari M.Usanova. – Partiyaning 15 yilligi biz va partiyamiz faollari uchun faoliyatimizni sarhisob qilish, istiqboldagi rejalarini belgilab olish uchun ham bir imkoniyatdir.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillaridan javob olishdi.
Marhabo Cho‘liyeva
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi bo‘lim mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
Bildirilgan fikrlar
Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-10-26 16:31:54
Фикрингизга қўшиламан хақиқатан аёлларни фаоллиги ошди партия кўмагида ютуқларга эришаётганлигини тушуниб етдилар. Бу партиямизнинг ютуғи, барча партиядошларимни 15 йиллик байрам билан табриклайман, ишларимизга ривож тилайман. Соғ омон бўлинглар.
Б.Отешова-Канликул тумани ижрочи котиб2018-10-25 16:17:17
Партиямизга аъзо булган куплаб хотин-кизлар бугун катта тадбиркор ва фермерлар булиб етишди. Партия тадбирларида катнашиб, тажриба алмашди, фаолиятини янада кенгайтириш учун маслахатлар олишди. 15 йил ишида партиямиз катта кучга айланди. Барчани байрам билан табриклаймиз.
Хива туман Кенгаш раиси М.Матякубов2018-10-25 15:49:28
Барчани O‘zLiDeP партиясини ташкил топганлигининг 15 йиллиги муносабати билан муборакбод этаман. Партиянинг кейинги фаолиятида бунданда баландроқ натижаларга эришишларингизга тилакдош бўлиб қоламиз.
Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-10-25 11:43:15
Партиямиз учун 15-ноябрь катта байрам тарийхий сана.Партиямизга 15-йил. Барча софдошларимизни табриклаймиз. Партиямиз катори йирик тадбиркорлар ва фермерлар, ишлаб чикарувчилар билан кенгайиб бормокда. Хакикатдан хам партиянинг 15 йиллиги биз ва партиямиз фаоллари учун фаолиятимизни сарҳисоб қилиш, истиқболдаги режаларини белгилаб олиш учун ҳам бир имкониятдир.