Paxta yetishtirish bo‘yicha shartnoma rejasini bajargan fermerlarga O‘zLiDeP esdalik sovg‘alari topshirildi

25.10.2018, 09:55

Paxta yetishtirish bo‘yicha shartnoma rejasini bajargan fermerlarga O‘zLiDeP esdalik sovg‘alari topshirildi

O‘zLiDeP Rishton tuman Kengashi tashabbusi bilan tuman fermerlari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokida fermerlikni rivojlantirish, ularga yaratilgan imtiyozlar yuzasidan qabul qilingan qonun hujjatlarini tushntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

– Seminar davomida fermerlar huquqi va imtiyozlari haqida keng tushunchaga ega bo‘ldik, – deydi “Roshidon xumo qushi” fermer xo‘jaligi rahbari M.Xaliqov. – Ayniqsa, xosil unumdorligini oshirish bo‘yicha mutaxasislarning tavsiyalari hammamizda yaxshi taassurot qoldirdi. Bugungi mutaxassislar bilan doimiy ravishda hamkorlik qilishga kelishib oldik. 

O‘quv-seminar yakunida paxta yetishtirish bo‘yicha shartnomaviy rejani bajargan fermer xo‘jaliklari partiyaning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Фурқат туман Кенгаши Раисни бирнчи ўрин босари аппарат раҳбари З.Қўзиева2018-10-31 11:43:42

O‘zLiDeP Риштон туман Кенгаши ташаббуси билан ташкил этилган бундай семинарлар янада кўпроқ бўлишини тарафдоримиз.


Fikringizni qoldiring

+