Andijonlik “Yangi avlod kadrlari” partiyaga a’zolikni onlayn tarzda amalga oshirish taklifini berishdi
25.10.2018, 17:50

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ayni taklif qo‘llab-quvvatlandi. “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasidagi mazkur tadbirda oliygohning 100 nafarga yaqin talabasi ishtirok etdi.
– Siyosiy elita vakillarining qiziqishlarimiz, intilishlarimiz bilan o‘rtoqlashishi, fikrlarimizni, takliflarimizni qo‘llab-quvvatlashlaridan kuch oldik, – deydi zaxira kadrlar ro‘yxatiga olingan ishtirokchi, universitetning fizika-matematika fakulteti talabasi Abbosbek Abduvohidov. – Partiyaga onlayn tarzda a’zolikni amalga oshirish taklifim ma’qul bo‘ldi. Tez fursatda bu bo‘yicha dastur tuzib, taqdim etaman.
Yangi rahbar kadrlar tayyorlash, ularning rahbarlik qobiliyatlarini shakllantirish, salohiyatlarini yuzaga chiqarish, bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish maqsadida tashkil qilinayotgan bunday tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Odinaxon Turg‘unova,
O‘zLiDeP Andijon viloyat
Kengashi tashkiliy-partiyaviy
ishlar bo‘limi mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Mening ovozim – Vatanim kelajagi
21.09.2019, 11:51
-
Samarqandda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
17.09.2019, 17:49
-
Joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda 2 milliondan ortiq yoshlar ilk marotaba ishtirok etadi
08.09.2019, 10:58
-
Ishtixonda besh tashabbus doirasida o‘tkazilgan tadbirda 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi
26.08.2019, 16:13
-
O‘zLiDeP yoshlar uchun “QQAVTOTEXXIZMET” korxonasiga sayohat uyushtirdi
16.08.2019, 09:53
Fikringizni qoldiring