BIRGALIKDA POYTAXTIMIZNI YANADA OBOD SHAHARGA AYLANTIRAMIZ

01.12.2017, 14:04

BIRGALIKDA POYTAXTIMIZNI YANADA OBOD SHAHARGA AYLANTIRAMIZ

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi – yangilanishning amaliy harakatlar dasturlari ustuvor yo‘nalishlarining faol amalga oshirilayotgani O‘zbekistonning har tomonlama puxta o‘ylangan va ishlab chiqilgan qat’iy liberal islohotlar yo‘lini tutgani, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirishga kirishganidan dalolat ekanini alohida ta’kidlaydi.

Biz davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha sohalarini rivojlantirish borasida amalda bir yoqadan bosh chiqarib, faol ish olib borayotganini qayd etamiz. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, chuqur ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, sud-huquq tizimini tubdan ko‘rib chiqish, sudlarning chinakam mustaqilligi va erkinligini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, qulay ishbilarmonlik va inves­titsiya muhitini shakllantirish, millatlararo totuvlikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish borasida tizimli, o‘zaro muvofiqlashtirilgan va mutanosib tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zLiDeP Harakatlar strategiyasi doirasida ilgari surilgan vazifalarning to‘laqonli ijrosini ta’minlashda o‘zining siyosiy mas’ulligini to‘la his qilgan holda, ana shu maqsadlar yo‘lida vakillik va ijro organlaridagi o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solishini alohida ta’kidlaydi.

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovlar – davlat hokimiyatining demokratik asoslarini liberallashtirish va mustahkamlash bilan bog‘liq chinakam tarixiy voqeadir. Biz buni poytaxtimiz hokimiyat vakillik organlari va jamoatchiligining Toshkentdagi sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni ro‘yobga chiqarish, tuman Kengashlari tomonidan mahalliy budjetni shakllantirish va ijrosini ta’minlash, tumanlarni rivojlantirish istiqbolli dasturlarini amalga oshirish, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash ustidan nazorat o‘rnatish borasidagi rolining kuchayishi uchun ulkan imkoniyat deb bilamiz. Saylovlarda saylovchilar erkin ovoz berish yo‘li bilan o‘zlarining ertangi kunini va poytaxtimizni istiqbolda rivojlantirish yo‘lini belgilaydilar.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol ishtirokidan, barcha sohalarda erishilgan va erishilayotgan marralar va Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar hamda Toshkentni rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib, O‘zLiDeP o‘z oldiga Toshkent jahondagi rivojlangan megapolislar safidan o‘zining munosib o‘rnini egallashini ta’minlashnibosh maqsad, vazifa sifatida qo‘yadi.

Shu maqsadda Toshkent shahrini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishni va amalga oshirishni taklif qilamiz.

Dastur shaharni sotsial-iqtisodiy barqaror rivojlantirishni ta’minlash, uni tadbirkorlik, moliya va biznes bo‘yicha yetakchi xalqaro markazlardan, jahonda tan olingan yirik fan va madaniyat, maorif va ma’naviyat markazlaridan biriga aylantirish, shuningdek, aholisi hayotining yuksak sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz.

Biz ushbu dasturda tayanadigan asosiy tamoyillar: poytaxtimizda istiqomat qiluvchi har bir odamga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish; barcha masalalarni ilg‘or tajribaga asoslangan holda samarali va tejamkorlik bilan hal qilish; iqtisodiyotning muhim manbai sifatida xususiy tashabbuslarni, biznesni rag‘batlantirish; qarorlar qabul qilinishi va shaharni boshqarish jarayonlariga fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning o‘zlarini imkon qadar kengroq jalb etish; hokimiyat organlarining hisobdorligini va ochiqligini ta’minlash.

PARTIYaNING BOZOR ISLOHOTLARINI ChUQURLAShTIRISh, IQTISODIYoTNI LIBYeRALLAShTIRISh VA TOShKYeNTNING RAQOBATBARDOShLIGINI OShIRISh BORASIDAGI USTUVOR VAZIFALARI

Bu yo‘nalishda O‘zLiDeP quyidagi g‘oyalarni ilgari suradi:

Yaqin istiqboldagi Toshkent – investitsiyalarni jalb etish hamda biznesni rivojlantirish uchun eng jozibador shaharga aylanadi

Bizning maqsadimiz – Toshkentni iqtisodiyoti samarali, jadal va barqaror rivojlanayotgan, iqtisodiyoti yangicha shakl – “ilmga asoslangan iqtisodiyot”, “innovatsiyaga asoslangan iqtisodiyot” va qudratli “axborot hamjamiyati”ga tayanuvchi shaharga aylantirish. Biz ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi eng muhim vazifalarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz: tadbirkorlik faoliyatiga monelik qilayotgan barcha to‘siqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik rivoji uchun qulay sharoit yaratish; iqtisodiyotning yuksak texnologiyalar va innovatsiyaga asoslangan sektorlarida biznesni qo‘llab-quvvatlash, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish hududlaridagi sanoat zonalarini rivojlantirish va qayta tashkil etish; investitsiyalarni jalb etish.

Biz qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhiti – shahrimizni va uning iqtisodiyotini jadal va barqaror rivojlantirishning muhim garovi ekaniga qat’iy ishonamiz. Xususiy mulk huquqlarining ishonchli himoyasini va kafolatlarini ta’minlash, barcha to‘siqlar va cheklovlarga barham berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘la erkinlik berish, “Odamlar boy bo‘lsa – davlat boy bo‘ladi” tamoyilining ijrosini amalda ta’minlash – iqtisodiy va sotsial siyosatning eng muhim yo‘nalishlariga aylanmog‘i darkor.

Bizning idealimiz – tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan soliq va moliya-bank siyosatini yanada takomillashtirish. Bizning ustuvor vazifamiz – iqtisodiyot va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yuklamalarini pasaytirishga oid kursni davom ettirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining zamonaviy uslublarini joriy etish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish, vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan insofli soliq to‘lovchilar – xo‘jalik yurituvchi sub’ekt­larga “soliq ta’tili” taqdim etilishiga ko‘maklashish.

Biz uchun ustuvor masala – aholi turmush darajasining yuksalishi va yaxshilanishiga, hududlarni jadal va kompleks rivojlantirishga xizmat qiladigan iqtisodiyot tarmoqlarini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish orqali shahar va tuman budjetlarining daromad qismini kengaytirish.

Biz ishonamizki, banklar korxonalar va tadbirkorlarning rivojlanishidan manfaatdor chin hamkorlariga aylanishi darkor. Biz uchun muhim ustuvor vazifa – aholining banklarga ishonchini oshirish, omonatlarni va omonatlarning investitsiyaga aylanishini rag‘batlantirish, tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalarini, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashini kengaytirish. Biz poytaxtimizda tadbirkorlik sub’ektlari va aholi keng qatlamlariga mo‘ljallangan imtiyozli kreditlardan keng foydalanishni ta’minlashga doir tadbirlarni qat’iy deputatlik nazoratiga olamiz.

O‘zLiDeP banklar bilan bir qatorda bozor infratuzilmalarining boshqa institutlari ham tezkor rivojlanmog‘i darkor, deb hisoblaydi. Bular – xizmat ko‘rsatishning yangi turlarini joriy etish va sifatini oshirish orqali konsalting, marketing, injiniring, lizing, sug‘urta singari moliya xizmatlari, shuningdek, kapitalni va korxonalar, moliya institutlari hamda aholining bo‘sh turgan resurslarini jalb etishning muqobil manbasi sifatida fond bozorlaridir.

Biz yangilanayotgan Toshkentning zamonaviy markaziga aylanib, zamonaviy biznes, moliya va shahar sayyohlik infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan “Tashkent city” xalqaro biznes markazini barpo etish borasidagi vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etamiz.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – poytaxtning kuchli va yangi iqtisodiyoti asosi

Biz uchun ustuvor masala – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shahar hududiy yalpi mahsulotidagi ulushini izchillik bilan oshirib borish, tadbirkorlik sub’ektlarini, ayniqsa, ularni o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan davrda qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, tarmoq yo‘nalishlarini ishlab chiqarish va innovatsiya kompaniyalari tomonga ko‘paytirish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish.

Bizning maqsad va vazifamiz – kichik biznesning sanoat ishlab chiqarishidagi ulushini ko‘paytirish, yirik sanoat korxonalari va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish. Biz yirik ishlab chiqarish korxonalari atrofida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining sanoat korxonalarini faol jalb etgan holda yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tizimini yaratish tarafdorimiz. O‘zLiDeP sanoat guruhlarini yaratishni rag‘batlantirishni taklif qiladi, toki, istiqbolda bunday guruhlar yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar eksporti hajmini jadal oshirish orqali jahon bozorida munosib o‘rin egallash uchun barcha zarur resurslarni ishga sola olsin.

Toshkent – yangi innovatsion iqtisodiyot taraqqiy etgan shahar

Biz uchun ustuvor masala poytaxtimiz iqtisodiyotida sanoatning, yuqori texnologiyalarga asoslangan ilmtalab ishlab chiqarishning ulushini sezilarli darajada ko‘paytirish. Biz shahar iqtisodiyotida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, tugal texnologik jarayonga ega ishlab chiqarish korxonalari yetakchi o‘rin tutishi zarur, deb hisoblaymiz. Bunda asosiy e’tibor asosan mamlakatimizning tabiiy va xomashyo salohiyatiga tayanadigan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni qo‘llovchi ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirishga qaratilmog‘i zarur.

Biz yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish, muhandislik kommunikatsiyalari va zarur infratuzilmalar o‘tkazish yo‘li bilan ularning muayyan hududda jamlanishini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ilmiy-texnologik va innovatsion salohiyatni mustahakamlashga qaratilgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ayni maqsadlarda faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini barpo etishni biz yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, sotsial infratuzilmalarini va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlashning muhim omili, deb bilamiz.

Partiya ayni paytda ushbu masalalarni innovatsiyaga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish, ilmiy-texnologik va innovatsion tadbirkorlikni barqaror rivojlantirishni ta’minlashning muhim yo‘li deb biladi. Biz innovatsiyani modernizatsiyaning eng muhim omili va XXI asrda iqtisodiy taraqqiyot aynan innovatsiya­lar negizida ta’minlanadi, deb ishonamiz.

Biz texnologiyalar yo‘nalishida keskin chora-tadbirlar amalga oshirilishi muhimligini e’tirof etamiz. Biz iqtisodiyotning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan tarmoqlarini shakllantirish va jadal rivojlantirish borasida qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizning ustuvor vazifamiz – poytaxtimiz hududiy ichki mahsulotida AKT sektori ulushining jadal o‘sishiga erishish. Biz ayni paytda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi innovatsiya markazi faoliyatini samarali tashkil etish va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmlarini jadal oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Biz axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiquvchilar va ularga buyurtma beruvchilarga imtiyozlar va preferensiya­lar taqdim etish, mamlakatimiz va xorij investitsiyasini jalb qilishni rag‘batlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularning imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish tarafdorimiz. “Axborot texnologiyalari” bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga, jumladan, iqtidorli yoshlarni ularning “start-ap” loyihalarini ro‘yobga chiqarishida qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan alohida e’tibor qaratamiz.

Toshkent – energiya samaradorligiga asoslangan iqtisodiyotga ega shahar

Poytaxtimiz sanoati, iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdagi eng muhim vazifa – energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish. Biz bu sohada noyob, tiklanmaydigan resurslarga tejamkorlik bilan yondoshishni ta’minlashga, muqobil energiya resurslarini izlab topish va joriy etishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratamiz: muqobil energiya manbalaridan foydalanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni moddiy rag‘batlantirish; aholi o‘rtasida energiya resurslariga tejamkor munosabatni, energiya tejaydigan texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni targ‘ib qilish; energiya tejaydigan mahsulotlar, jihozlar va tizimlar ishlab chiqariladigan loyihalarni amalga oshirish.

Hurmatli saylovchilar – aziz hamshaharlar!

Biz partiyamizning saylovlardagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy sohadagi ustuvorliklarimiz bilan sizni qisqa tarzda tanishtirishga harakat qildik.

Ushbu ustuvorliklarni kelajakda amalga oshirish maqsadida biz saylovlarda eng munosib nomzodlarni ilgari surdik.

Biz sizlar bilan birgalikda shahrimizning yangi qiyofasini yaratamiz deb ishonamiz.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati –
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering!

Tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatimiz taraQQiyoti va farovon Hayotimizning eng
muHim kafolatidir!

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    1503
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+