O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” jalaquduqlik Sevaraning tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda ko‘maklashadi

26.10.2018, 12:17

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” jalaquduqlik Sevaraning tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda ko‘maklashadi

Sevara Karimova Jalaquduq Ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida tahsil olish bilan bir qatorda hunarmandchilik bilan ham shug‘ullanadi. U tikkan ayollar liboslari xaridorgir. Izlanuvchan o‘quvchi qizning maqsadi katta. Kollejni tamomlagach, faoliyatini kengaytirib, tengdosh qizlarni ish bilan ta’minlamoqchi. Unga faqat yo‘l-yo‘riq, tavsiya, ko‘nikma kerak.

O‘zLiDeP Jalaquduq tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar tadbirkor nigohida” mavzusidagi seminar Sevaraning orzulariga qanot berdi.

-Seminarda o‘zim kabi izlanuvchan tengdoshlarim bilan fikr almashdik, - deydi hunarmand qiz. – Kelgusida kollejni tamomlab, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlarida ish boshlashga, bir-birimizga ko‘mak berishga harakat qilamiz. Bugungi tadbirni tashkillashtirgan partiya “Yoshlar qanoti”ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Shuningdek, seminar davomida yoshlar tumanning qator fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, ilg‘or hasharchilarga partiyaning rag‘batlantiruvchi sovg‘alarini topshirdilar.

Elyorbek Avulov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    950
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-27 09:06:19

Партиямизга ешларимизнинг ишончи кун кундан ошиб бораетганлиги бизни хурсанд килади. Еш тадбиркорларимизга тадбиркорлик сирларини ургатиш максадида тажрибали купдан ишлаетган тадбиркор опа ва акаларимиз катнашувида амалий укув семинарларнинг купрок утказилиши тарофдаримиз


Fikringizni qoldiring

+