“Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Eng faol deputat” tanlovning Paxtachi tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi

26.10.2018, 16:49

“Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Eng faol deputat” tanlovning  Paxtachi tumani  bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan partiya Samarqand viloyat Kengashi tomonidan e’lon qilingan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashidagi eng faol deputat” tanlovlarining  Paxtachi tumani  bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Uzoqjon Xamirayev so‘zga chiqib, partiyaning 15 yillik faoliyati uning jamiyatda tutgan o‘rni va roli  haqida gapirdi.

– Respublikamizda eng kichik siyosiy kuch sifatida maydonga kelgan O‘zLiDeP o‘zining dasturiy maqsad va g‘oyalari orqali tadbirkorlar safini kengaytirishga shuningdek, respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi tushmush farovonligini yaxshilashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda, – dedi U.Xamirayev. – Bugun o‘tkazilayotgan tanlovlar ham partiyamiz nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, “Sadir Ziyo” MFYda joylashgan BPT  tumandagi “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”, 23-“Zarafshon” saylov okrugidan saylangan deputat Ro‘zigul Magrupova esa “Xalq deputatlari mahalliy Kengashdagi eng faol deputat” sifatida e’tirof etildi.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    544
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+