O‘zLiDeP rahbari tashrifidan so‘ng “Sayot avtomabilchi”da yangi BPT tuzildi
26.10.2018, 17:06

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xaitov Yangiariq tumanida joylashgan “Sayot avtomabilchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Ishchi-xodimlar bilan bo‘lgan uchrashuvidan keyin partiyamizga a’zo bo‘lish istagini bildirgan xodimlar taklifiga binoan, korxonada yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.
Ta’kidlash kerak, korxonada yil oxirigacha echkichilik va zamonaviy issiqxonalar faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan edi. Tadbirkor yil boshida bergan va’dasining ustidan chiqdi.
– Echki suti inson salomatligi uchun juda foydali, – deydi “Sayot avtomabilchi” korxonasi rahbari, Masharif aka Bekchanov. – Har bir zotdor echki kuniga 3 litrgacha sut beradi. Suti sigir sutiga qaraganda ham qimmat, ham foydali. Bunday zotdor echkilarni o‘zimizda ko‘paytirishni maqsad qilganmiz.
Uchrashuv so‘nggida ishtirokchilar va deputatlar 10 sotix yer maydonida tashkil etilgan yangi, zamonaviy tipdagi issiqxonaga pomidor ko‘chatlarini o‘tqazdilar.
Nilufar Djabbarova,
O‘zLiDeP Xorazm viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Sirdaryoda quyi bo‘g‘inlar faoliyati sarhisob qilinmoqda
07.10.2019, 16:40
-
Quyi bo‘g‘inlarning saylovga tayyorgarligi tahlil qilinmoqda
07.10.2019, 10:56
-
O‘zLiDeP “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ qoshidagi BPTda davra suhbati o‘tkazdi
21.09.2019, 11:53
-
“Agro Service Asia” MChJda partiya quyi bo‘g‘ini tuzildi
29.08.2019, 16:34
-
Xorazmda “Jonajon O‘zbekistonim – mangu bo‘l omon!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi
28.08.2019, 17:50
Bildirilgan fikrlar
Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-27 09:21:52
Янгиариқ туманида "Саёт автомабилчи” масъулияти чекланган жамияти енидан тузилган янги БПТ нинг келгуси ишларида ривож ва омад тилаймиз. Кундан кун софдошларимиз катори фаол фидойи инсонлар билан кенгайиб бориши бизни кувонтиради. УзЛиДепни куллаб кувватлаб келажагига ишонч билан караган барча шахсларга миннатдорчилик билдирамиз.
Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-10-26 19:23:01
Партиямиз сафларининг янада кенгайиши, юртимизда тадбиркорлар сони ва таркибининг ошиши тарафдоримиз! Янгитдан тузилган бошланғич ташкилот ишига омад тилаймиз!