O’zLiDeP yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi

01.12.2017, 16:40

O’zLiDeP yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi

O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan      ijtimoiy-iqtisodiy va servis kasb-hunar kollejida “Bitiruvchi o‘quvchilarni tadbirkorlikka jalb qilish” mavzucida davra suhbati bo‘ldi. Suhbatda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari, O’zLiDeP shahar Kengashi xodimlari, “Yoshlar qanoti” guruhi faollari va kollejning o‘quvchi  yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, berilayotgan imtiyozlar bilan yoshlarni tanishtirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish va shu orqali  bandlikni ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Gulnoza Xolboyeva kollej o‘quvchilariga tadbirkorlikni boshlash uchun bank tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

– Bugungi kunda bitiruvchi talabalarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishi natijasida yosh tadbirkorlar faoliyati kundan-kunga rivojlanib, kengayib bormoqda, – deydi Gulnoza Xolboyeva. – Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli kreditlar ajratilyapti. Bu esa yoshlarni ish bilan taminlashga imkon bermoqdi.

Tashkil etilgan davra suhbati fikr va muloxazalarga boy tarzda o‘tdi. Talaba yoshlar tadbirkorlik sohasiga oid barcha savollarga javob olishdi.

O’zLiDeP Toshkent viloyati

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1737
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Davron2020-04-29 16:47:04

Salom Barcha deputatlarga.Telvizr ijtimoiy tarmoqlarda Uzlarizni kursatgancha Biron mard xodim bormi xalqqa yordam beradigan. Bir vaqtlar shu xalq oddiy bir fikri sizlar uhcun muxim masedimi Qani edi xalqqa kursataydigon yordam??????? Nomerim 90.6010521


Davron2020-04-29 16:47:04

Salom Barcha deputatlarga.Telvizr ijtimoiy tarmoqlarda Uzlarizni kursatgancha Biron mard xodim bormi xalqqa yordam beradigan. Bir vaqtlar shu xalq oddiy bir fikri sizlar uhcun muxim masedimi Qani edi xalqqa kursataydigon yordam??????? Nomerim 90.6010521


Fikringizni qoldiring

+