Sog‘lom oila – mustahkam oila

01.12.2017, 16:24

Sog‘lom oila – mustahkam oila

Yaqinda O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida tadbir bo‘ldi. Tadbir onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, millat genofondini asrashga ko‘maklashish, ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini boyitish maqsadida tashkil etildi.

– O’zLiDeP uzoq yillardan buyon ayollarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga va shu orqali ularning salomatligini tiklashga ustuvor vazifa sifatida qarab kelmoqda, – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Basitxonova. – Mamlakatimizda O’zLiDeP tomonidan xotin-qizlar salomatligiga bu kabi e’tibor qaratilayotganligi partiyaning nufuzini oshirishga xizmat qiladi.  Zotan, ayollar salomatligi sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirishning muhim shartidir.

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida joriy yilning 9 oyi davomida 417 ta tadbir o‘tkazildi. Tadbirlarda 26 673 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi. Loyihaning hamkor tashkilotlari bilan birgalikda joylarda 500 ta tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, ularda 60 ming nafar xotin-qiz ishtirok etdi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+