Muammolarga befarq bo‘lmaylik

29.10.2018, 15:40

Muammolarga befarq bo‘lmaylik

Partiyaning Bo‘ka tuman Kengashi “Ayollar qanoti” agrosanoat va transport kasb-hunar kollejida “Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida seminar tashkil etdi.

Tadbirda mamlakatimizdagi siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlashda partiyaviy loyihalarning ahamiyati hamda “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

– Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida xalq farovonligi yotadi, – deydi Toshkent viloyat Kengashi deputati B. Jabborova. – Bugungi kunda tumanimiz ayollari ham voqea-hodisalar, islohotlarga befarq emas. Bu esa biz erishgan yutuqlarimizning eng muhimidir.

Tadbir ishtirokchilari xotin-qizlarning jamiyatda tutgan mavqeini yanada mustahkamlash borasida bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar to‘g‘risida kelishib olishdi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    409
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+