“Yakkabog‘ geologik ekspeditsiyasi” huzuridagi BPT tumanning eng namunali quyi bo‘g‘ini deb topildi

29.10.2018, 15:43

“Yakkabog‘ geologik ekspeditsiyasi” huzuridagi BPT tumanning eng namunali quyi bo‘g‘ini deb topildi

Yaqinda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi. Shu kunlarda tanlovning tuman va shahar bosqichi bo‘lib o‘tyapti. G‘oliblar va faol ishtirokchilariga partiya tuman va shahar kengashlarining esdalik sovg‘alari topshirilyapti.

– Partiyamiz ustavi hamda siyosiy kuch yuqori organlarining qaror va farmoyish­larida belgilangan vazifalarni a’lo darajada uddalayotgan tayanch tuzilmalar aniqlanyapti, – deydi O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashining BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari Alibek Rahmatov. – Peshqadam boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini ommalashtirish barobarida tashkiliy-partiyaviy, g‘oyaviy-siyosiy ishlarda o‘rnak ko‘rsatib ishlayotgan BPT yetakchilari va a’zolarini istiqbolli kadrlar zaxirasiga kirityapmiz.

Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasidagi quyi bo‘g‘in joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal etilishida mahalliy kengashdagi deputatlik guruhimiz bilan samarali hamkorlik qilyapti. Mazkur BPT tashabbusi bilan joriy yilda bir qancha tadbirlar, jumladan, bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida ushbu boshlang‘ich tashkilot g‘olib deb topildi. 

Qarshi tumanidagi “Beshkent paxta tozalash” AJda faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘in faollari tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida bir nechta asosli taklif bilan tuman kengashiga chiqqani, elektorat manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlari uchun birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Yakkabog‘ tumanidagi “Yakkabog‘ geologik ekspeditsiyasi”dagi tayanch tuzilmaning a’zolari soni ham yil sayin oshib bormoqda. Maslakdoshlarimiz partiyamiz dasturiy g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilishda jonbozlik ko‘rsatishyapti.  Obid Soatov yetakchilik qilayotgan ushbu BPT partiyaviy vositalar bilan 7 nafar fuqaroning shikoyati yechim topishiga ko‘maklashdi. Mazkur boshlang‘ich tashkilot tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1278
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+