“O‘zLiDeP yoshlarning orzularini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berib kelayotgan siyosiy kuch”, deyishmoqda qoraqalpoq yoshlari

29.10.2018, 18:33

“O‘zLiDeP yoshlarning orzularini ro‘yobga  chiqarishda ko‘mak berib kelayotgan siyosiy kuch”, deyishmoqda qoraqalpoq yoshlari

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etdi.

– Tadbir davomida parlament, siyosiy partiyalar faoliyati, ayniqsa, O‘zLiDePning maqsad va vazifalari haqida kengroq  tushunchaga ega bo‘ldim, – deydi Nilufar Shamshetova. – Endi O‘zLiDePga a’zo bo‘lib, partiya maqsad va vazifalarini aholi orasiga targ‘ib qilishda o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Chunki O‘zLiDeP biz kabi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va orzularimizni ro‘yobga chiqishida yaqindan ko‘mak berib kelayotgan siyosiy kuch ekaniga yana bir bora amin bo‘ldim.  

Tadbirda “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha – Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar siyosati, shuningdek, partiyaning maqsad va vazifalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

 Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    900
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир тумани 2018-10-30 12:27:33

Ешларнинг жамиятдаги фаоллигини янада оширишда, уларни хар тамонлама куллаб кувватлашда ва албатта тадбиркорлик кобилиятини кучайттиришга каратилган партиямиз тамонидан утказилаетган тадбирлар уз самарасини бермокда. Ешларимизнинг кун кундан талапчанглиги, барча янгиликларга кизикиши ва тадбирларда уз фикрлари билан уртоклашмокда


Бекназаров Қутлибай Нийетбаевич2018-10-30 09:17:47

Партиямизнинг бош ғояларини ёшлар онгига сингдириб борсак, келажакда катта ютуқларни қўлга киритамиз. Энг, илк янги ғоялар пайдо бўлишида ёшларнинг ҳиссалари катта ҳисобланади. Биз кўпроқ ёшларни қўллаб-қувватлашимиз ва уларнинг иҳтидоридан унумли фойдаланишимиз зарур. Нафақат фойдаланиш, уларнинг идеяларни партия фаолиятига тадбиқ этишимиз лозим. Шунинг учун Сизга, қўлни-қўлга бериб, ёшлар орасига кўпроқ кириб боришга шорлайман.


Fikringizni qoldiring

+