Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari

01.12.2017, 16:38

Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari va ularning oldini olish” mavzusi bo‘yicha Jalaquduq agrosanoat kasb-hunar kollejida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zLiDeP viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshidaxon Xalilova, Andijon tuman tibbiyot birlashmasi ginekologi Xumorxon Bakirova, FXDYo tuman bo‘limi raisi Mansurbek Abduholiqov va tuman hokimligi bosh mutaxacsisi Shahzodbek O‘ktamjonovlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida yoshlarga erta va qarindoshlar o‘rtasidagi  nikohning salbiy oqibatlari tushintirildi va o‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

– Bugun mahallalarimizdagi oilaviy ajrimlarning asosiy sabablaridan biri ham erta qurilgan nikohlardir, – deydi “Boycheki” MFY maslahatchisi Zulfiya Mamadaliyeva. – Bu tadbirda ko‘tarilgan mavzuni biz ham o‘z navbatida aholi orasida kengroq yoritishimiz kerakligini yanada teranroq angladik.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mutasaddilarga, mavzu doirasida viloyatdagi mehribonlik maskanlariga va muruvvat uylariga tashriflar uyushtirish orqali erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlarini atroflicha ochib berish takliflari berildi.

O’zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    3412
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+