“Namangan-avtotexxizmat”da BPT tuzildi

30.10.2018, 09:41

“Namangan-avtotexxizmat”da  BPT tuzildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Namangan –avtotexxizmat” MChJda “Yurt ravnaqi, aholi farovonligini oshirish ustuvor vazifamizdir” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Partiyaning 15 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi mazmun-mohiyati, tadbirkorlarlikning sir asrorlari, tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berildi.

–“GM Uzbekiston” avtomobillari oldi-sotdisi va ularga texnik xizmat ko‘rsatamiz, – deydi “Namangan-avtotexxizmat” MChJ direktori Zoxidjon Kamolov. – Shu kunga qadar 257 ta avtomobil o‘z egalariga yetkazib berilgan bo‘lsa, yana fuqarolar bilan 442 ta shartnoma imzoladik. Hozirda korxonamizda 160 dan ortiq ishchi mehnat qilmoqda. 

Tadbirda korxona ishchi-xizmatchilaridan 20 nafariga partiya a’zolik guvohnomasi topshirilib, “Namangan-avtotexxizmat” MChJ qoshida partiya  BPT tuzildi.

Rustamjon HAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim boshlig‘i

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT #uzlidep15
  • Ko'rildi
    933
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+