Jizzaxlik 25 nafar bitiruvchi partiya kadrlari zaxirasiga olindi

30.10.2018, 09:46

Jizzaxlik 25 nafar bitiruvchi  partiya kadrlari zaxirasiga olindi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Barkamol yosh avlod – Vatanimiz kelajagi, yurtimiz ishonchi va tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, talaba-yoshlar  hamda OAV vakillari qatnashdi.

–Tadbir davomida partiya faoliyati, uning maqsad va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldik, – deydi Jizzax politexnika instituti talabasi Jahongir G‘aniyev. – Ochig‘i, bu kabi tadbirlar biz kabi yoshlar uchun ijtimoiy ko‘tarinkilik muhitini yaratish barobarida  yoshlarning mamlakatimiz rivojida bevosita ishtirokini ta’minlash, vatan taqdiriga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida oliy o‘quv yurtini tamomlayotgan 25 nafar talaba-yoshlar O‘zLiDePning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.  

Olim NORJIGITOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    359
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+