Yoshlar – kelajagimiz poydevori

30.10.2018, 10:00

Yoshlar – kelajagimiz poydevori

O‘zLiDeP Yangiyo‘l shahar Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan shu mavzuda tadbir tashkil etdi.

Tadbirda Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya “Yoshlar qanoti” a’zolari, tadbirkor va ishbilarmonlar hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.

– Dastlab 2 nafar ishchi-xodim bilan faoliyat boshlagan edik, – deydi Sabina Nazar Kutyur” MChJ rahbari Sabina Abdunazarova. – Hozirga kelib, ularning soni 40nafardan oshdi. Loyihalarimizni hayotga tatbiq etish va faoliyatimni kengaytirishda O‘zLiDeP yaqindan ko‘mak berib kelyapti. Shu kunlarda ham partiya ko‘magida imtiyozli kredit olib, yangi ish o‘rinlari yaratish niyatida yuribmiz.   

Tadbirda shuningdek, “Yoshlar - kelajagimiz” va “Har bir oila – tadbirkor” Dasturlari doirasida yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida kengroq ma’lumotlar berildi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1823
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+