Jomboydagi tarafdorlarimiz soni 10 nafarga ko‘paydi

31.10.2018, 11:27

Jomboydagi tarafdorlarimiz  soni 10 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Yuksak maqsadlar ro‘yobi – O‘zLiDeP bilan” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etdi.  

Tadbirda so‘z olgan partiya tuman Kengashi apparat rahbari Zebo Yusupova partiyaning dasturiy maqsad va g‘oyalari, o‘tgan 15 yil davomida O‘zLiDeP tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va galdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

– O‘tgan davr mobaynida yurtimizda tadbirkorlarning safi kengayishi, kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi  evaziga  yurtimiz iqtisodiyoti barqarorlashdi, – deydi Z.Yusupova. – Bugun mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar O‘zLiDePning dasturiy maqsad va g‘oyalari bilan hamohangdir. Biz partiya faollari bu bilan faxrlangan holda, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar targ‘ibotini kuchaytirishdan manfaatdormiz.

Tadbirda partiya safiga kirish istagini bildirgan 10 nafardan ortiq yoshlarga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    396
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+