O‘zLiDeP kegeylilik Aygul Dosimbetovaga 100 million so‘m imtiyozli kredit olishda ko‘maklashadi

31.10.2018, 11:30

O‘zLiDeP kegeylilik Aygul Dosimbetovaga 100 million so‘m imtiyozli kredit olishda ko‘maklashadi

 “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish, ularning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishda muhim omil bo‘lmoqda.

Chunonchi mazkur dastur doirasida hozirga qadar ko‘plab yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshladi, o‘z tengqurlarini bandligini ta’minladi. Kegeylilik Aygul Dosimbetova ham 100 mln. so‘m imtiyozli kredit olib, non sexini qurish niyatida.

O‘zLiDeP Kegeyli tuman Kengashi xodimlari va Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh uning orzularini tezroq amalga oshirishga qanot bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida Aygulning kredit olishda muammosi borligi aniqlandi va shu yerning o‘zida Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi B.Iskandarov tashabbusi bilan muammo joyida hal etildi.  

Endi yaqin kunlarda Aygul ham boshqa tengdoshlari qatori yosh tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tadi. Sex ishga tushgach, 4 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlash imkoni tug‘iladi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    907
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-11-01 10:46:11

Депутатларымыздын белсендилиги кун санап артып баратырганлыгы бул олардын оз аймакларындагы сайлаушыларына деген хурмети, партиямыздын максет хамде уазыйпаларын орынларда тууры хам анык угит насиятлауынын натийжесинде деп есаплайман.


Fikringizni qoldiring

+