Chiroqchida O‘zLiDePning eng faol deputati va eng namunali quyi bo‘g‘ini aniqlandi
31.10.2018, 11:40
Chiroqchida “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” hamda “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
– Tanlov bizga yana bir bor faoliyatimizni sarhisob qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etishga imkon berdi, – deydi O‘zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi raisi Momosuluv Berdiqulova. – Bugun aytilgan taklif-tavsiyalar quyi bo‘g‘in va deputatlarimizning faoliyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi, degan umiddamiz.
Tanlovda O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Farhod Elmurodov “Eng faol deputat”, “Axmad ota” fermer xo‘jaligi qoshidagi BPT esa “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” deb topildi.
Ta’kidlash joiz, hozirda O‘zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi qoshida 2 ming 213 nafar maslakdoshlarimizni jipslashtirgan 61 ta BPT, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhida 14 nafar xalq noibi faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Bildirilgan fikrlar
М.Абдувалиев Ҳалқ депутатлари Ш.Рашидов туман Кенгаши депутати ЎзЛиДеП депутатлик гуруҳи раҳбари Жиззах вилояти2018-10-31 14:30:47
O‘zLiDePнинг энг фаол депутати танловида иштирок этган барча ҳалқ депутатлари туман Кенгаши депутатларига жамиятимиз равнақи ва ривожи йўлида янада фаолликларини оширишларини ва бу жараёнда ҳормай,толмай меҳнат қилишларини ҳамда соғ саломат бўлишларини тилайман.