Ohangaronda O‘zLiDePning 15 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqasi tashkil etildi

31.10.2018, 11:56

Ohangaronda O‘zLiDePning 15 yilligiga  bag‘ishlangan sport musobaqasi tashkil etildi

O‘zLiDeP Ohangaron tuman Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan umumta’lim maktablari o‘rtasida sportning futbol, voleybol va shahmat turlari bo‘yicha musoboqa tashkil etdi.

Musobaqada tumandagi 8 ta umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘zaro bahslashdi.

–Ushbu musobaqani yoshlar o‘rtasida o‘tkazishdan asosiy maqsad, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga qiziqtirish, sog‘lom va barkamol avlod qilib voyaga yetkazishdan iborat, – deydi O‘zLiDeP Ohangaron tuman Kengashi apparat rahbari O.Yuldashev. – Shu boisdan, bugun o‘quvchi-yoshlarni darslardan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha qator amaliy ishlarni olib bormoqdamiz.

Tadbir yakunida musobaqa g‘oliblariga partiyaning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1146
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+