Namanganda 30 nafardan ortiq yosh partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi

31.10.2018, 15:33

Namanganda 30 nafardan ortiq yosh partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Namangan muhandislik qurilish instituti bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida amaliy muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda partiya tomonidan siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etishda davr talablariga javob beradigan, yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yaxshi samara berayotgani ta’kidlandi.

–Bugungi tadbir yoshlarga berilayotgan imkoniyat va e’tiborning yana bir namunasi bo‘ldi, – deydi “Beruniy” nomidagi Davlat stependiyasi sohibi, NamMQI talabasi Sardor Saloydinov. – Boisi, tadbirda mazkur loyiha doirasida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdik. O‘ylaymanki, bu kabi loyihalar yoshlarni yanada ko‘proq bilim olishi va izlanishga turtki beradi. 

Tadbir yakunida 30 nafardan ortiq yigit-qiz partiyaning istiqbolli kadrlar zahirasiga olindi.

Abdulahad ALIMBAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1075
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+