“Partiyaning nufuzi liderlarga bog‘liq”, deyishmoqda namanganlik maslakdoshlarimiz

31.10.2018, 15:38

“Partiyaning nufuzi liderlarga bog‘liq”,  deyishmoqda namanganlik maslakdoshlarimiz

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi qoshidagi siyosiy ta’lim markazi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi partiya liderlari uchun o‘quv-seminar tashkil etdi.

Seminarda partiyaning maqsad va vazifalari, liderlik qobiliyati va mas’uliyatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

–Siyosiy partiyaning elektorat vakillari orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi, siyosiy jabhalardagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan liderlarga, ularning bilim saviyasiga bog‘liq, – deydi Husanboy Sodiqov. – Shu bois, partiya liderlarining siyosiy bilim va malakasini oshirishda bu kabi o‘quvlarning ahamiyati yuqori, deb hisoblayman.

Seminar yakunida partiya tashkil topganining 15 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish, bayramoldi targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada  o‘tkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.                                                                                                   

R.MIRAZIMOV,

 O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    1015
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+