O‘zLiDeP deputatlari mirishkorlik B.Choriyev uyini ta’mirlashda ko‘maklashdi

01.11.2018, 12:42

O‘zLiDeP deputatlari mirishkorlik B.Choriyev uyini  ta’mirlashda ko‘maklashdi

Bundan ikki hafta avval “Obod” qishlog‘ida yashovchi Baxriddin Choriyev O‘zLiDeP Mirishkor tuman Kengashiga yashab turgan uyining tom qismini yopishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

Murojaatdan so‘ng, partiya tuman Kengashi xodimlari va Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh B.Choriyev xonadoniga borib, muammo bilan yaqindan tanishdi.

–Uch nafar farzandim bor, – deydi B.Choriyev. – Doimiy ish joyiga ega emasman. Mavsumiy ish bilan shug‘ullanaman. Yashab turgan uyimiz anchadan buyon ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Tom qismida yoriqlar borligi sababli chakki o‘tadi. Shu bois, partiya tuman Kengashidan ko‘mak so‘radim.

Partiya xodimlari sa’y-harakati bilan R.G‘oyipov massividagi “Shohmansur obod” va “Shohruh Elita” fermer xo‘jaliklari homiyligida fuqaroning murojaati qanoatlantirildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1144
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+