Qashqadaryolik deputatlarimiz viloyat MTM boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hisobotini eshitdi

01.11.2018, 16:13

Qashqadaryolik deputatlarimiz viloyat MTM boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hisobotini eshitdi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlar viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Rahimovning hisobotini tingladi.

Ta’kidlanganidek, viloyatda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar (3 – 7 yosh) soni 241 843 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 67 035 nafar bola (27.7 foiz) qamrab olingan bo‘lib, shundan 61 045 nafar bola davlat, 5 990 nafari esa nodavlat MTMda tarbiyalanmoqda.

– Yangi tashkil etilgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hisobidan qo‘shimcha 1126 ta ish o‘rni yaratildi, – deydi  A.Rahimov. – Joriy yil oxirigacha yana 295 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil qilish rejalashtirilgan. Jumladan, davlat tomonidan berilgan imtiyoz va aholi talabiga ko‘ra, Dehqonobod, Yakkabog‘, Kitob, Qamashi, Chiroqchi tumanlarida 2 tadan, Kosonda 4 ta va Shahrisabz tumanida 7 ta nodavlat MTMni qo‘shimcha tashkil etish rejasi belgilanib, bu borada jadal ishlar olib borilmoqda.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1595
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-11-01 17:42:09

Депутатлар тамонидан корхона ва ташкилотлар рахбарларини хисоботини эшитиш билан биргаликда купчилик муоммали масалалар хал килинишига асос булади. Бир тамондан туман ва шахарлардаги ижтимоий ва иктисодий ривожланишдаги узгаришлар ва амлий ишлар тугрисида маълумотларга эга булиш ва албатта тадбиркорлик йуналишидаги тусикларга амалий ердам килинади


Fikringizni qoldiring

+