“O‘zmetkombinat” AJ qoshidagi BPT eng namunali quyi bo‘g‘in deb topildi

01.11.2018, 16:35

 “O‘zmetkombinat” AJ qoshidagi BPT eng namunali  quyi bo‘g‘in deb topildi

O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan  “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovining Bekobod shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.   

– Tanlovda 48 ta quyi bo‘g‘in ishtirok etdi, – deydi “O‘zmetkombinat” AJ qoshida faoliyat yuritayotgan tayanch tuzilma yetakchisi D.Xolmurodov. – Har bir BPT partiya dasturiy maqsad va vazifalari targ‘ibot qilgani hamda a’zolar safini kengaytirishda qo‘shgan hissasiga qarab, baholab borildi. To‘g‘risi, tanlovda g‘olib bo‘lamiz deb, sira ham o‘ylamagandik. Endi bildirilgan ishonchi oqlashga, partiyamizning jamiyatdagi mavqeini oshirishga astoydil harakat qilamiz.    

Ta’kidlash kerak, 2015 yilda “O‘zmetkombinat” qoshida O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzilgan edi. Ayni chog‘da korxona ishchi-xodimlarining 365 nafari partiya a’zosi hisoblanadi.

D.BOLTAYEVA,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1061
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-11-01 17:28:43

“Ўзмедкомбинат” қошида тузилган O‘zLiDeP қуйи бўғини голиб булиши билан табриклаймиз. Келгуси ишларингизда омад яр булсин. Намунали ишларингизни улги тутиб мактанамиз


Fikringizni qoldiring

+