O‘zLiDeP deputati ko‘magida o‘quvchilarning maktabga bepul kelib ketishi uchun “Damas” avtomashinasi ajratildi

02.11.2018, 10:27

O‘zLiDeP deputati ko‘magida o‘quvchilarning maktabga bepul kelib ketishi uchun “Damas” avtomashinasi ajratildi

Umarjon Abdullayev Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashiga tumandagi 21-saylov okrugidan saylangan. Chekka cho‘l zonasi hisoblangan mazkur tumanning muammolari yetarlicha. Masalan, “Uchko‘prik” mahallasidagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bir necha yil muqaddam to‘xtab qolgan edi. Hudud aholisi uchun esa bunday maskan juda zarur. Umarjon Abdullayev deputat bo‘lib saylanganining ilk davridayoq shu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Uning tashabbusi bilan hozirda muassasa faoliyati tiklangan, ota-onalar xursand.

– Deputatni xalq ishonch bildirib, saylaydi, – deydi U.Abdullayev. – Shunday ekan, kunni kun, tuni tun demay xalq manfaati yo‘lida xizmat qilishimiz kerak. Qachonki, biz yaxshi ishlasak, muammolarni joyida hal etsak, odamlar bizdan ham, davlatdan ham rozi bo‘ladi. Shu bois, ko‘proq joylarga tushib, odamlar bilan muloqot qilishimiz, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topishimiz darkor.  

Darvoqe, O‘zLiDeP deputati Izboskan, Jalaquduq, Oqbosh va Takali qishloqlarida yashovchi 144 nafar o‘quvchi muammosini hal etishda ham bosh-qosh bo‘lgan. Gap shundaki, muammo hal etilmasdan oldin ular tuman markazidagi 21-maktabga qatnab o‘qishar edi. Yo‘l esa juda olis. Shu bois, xalq noibi mazkur masala yuzasidan tuman hokimiga so‘rov yubordi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, muammo hal bo‘ldi. O‘quvchilarni maktabga bepul kelib ketishi uchun “Damas” avtomashinasi ajratildi.

Zilola RAHMONOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    907
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши 2018-11-02 11:16:44

Партиямиз тамонидан курсатилган амалий ердамини барчага намуна килса арзийди. Рахмат Умаржон ака!


Fikringizni qoldiring

+