O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi oldidan tajribali tomorqachilar bilan uchrashyapti

02.11.2018, 12:06

O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi oldidan tajribali tomorqachilar bilan uchrashyapti

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligiga bag‘ishlab tadbirkorlik va tomarqachilikda katta yutuqlarga erishgan tajribali dehqonlar bilan uchrashyapti. Ana shunday tadbirlardan biri Kattaqo‘rg‘on tumani “Kichikko‘rpa” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shu qishloqda yashovchi 80 yoshli Zubaydulla Mirzayev ham ishtirok etdi. Otaxon qariyb 65 yildan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Hozir u 12 sotix yerdan yiliga 100 mln. daromad olyapti..     

– Tomorqamdan yiliga 4 marta hosil olaman, – deydi Zubaydulla ota.– Giloslarning hosilini ham qo‘shib hisoblasangiz, 5 marta. 12 sotix tomorqamga 5x5 oralig‘ida gilos ekkanman. Giloszor orasidagi maydonda yiliga 2 marotaba bodring, ikki marotaba rediska yetishtiraman. Boisi, tomorqada ishlash nafaqat daromad keltiradi, shu bilan birga ro‘zg‘oringizni obod qiladi.

To‘g‘risi, otaxonni ko‘rsangiz sira ham 80 yoshda deb o‘ylamaysiz. Chunki u kishi hozir ham mehnat qilishdan charchamaydi, nabiralariga dehqonchilikning sir-asrorlarini o‘rgatadi. Eng muhimi, maslahat so‘rab kelgan dehqonlardan ham yordamini  ayamaydi.

“Kichikko‘rpa” qishlog‘ida yashovchi Manzura Xakimova ham dehqonchilik sirlarini Zubaydulla otadan o‘rgangan.

– “Kichikko‘rpa”liklar dehqonchilikda Zubaydulla otadan maslahat oladi, – deydi Manzura opa. – Biz ham ko‘p yillardan buyon tomorqada ishlab, yaxshi daromad olyapmiz. Shuning orqasidan uy-joy qildik, mashina oldik. Ochig‘i, bugun qishlog‘imizda xorijda ishlaydigan odamning o‘zi  yo‘q. Hamma tomorqadan yaxshi daromad topyapti.

O‘zLiDePning tajribali tomarqachilar bilan uchrashuvlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.  

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    1053
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+