OʻzLiDeP yoshlar o‘rtasida sport musobaqasini tashkil etdi

02.11.2018, 18:05

OʻzLiDeP yoshlar o‘rtasida  sport musobaqasini tashkil etdi

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi Chilonzor tuman Kengashi bilan hamkorlikda partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Barkamol yoshlar – jamiyat kelajagi poydevori” mavzusida sport musoboqasini tashkil etdi.

 –Ushbu futbol uyingohining ochilishini OʻzLiDeP tashkil topganining 15 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga rejalashtirganimiz bejiz emas, – deydi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Sherzod Eshnazarov. – Chunki bu o‘yingohni qurishda partiyamizdan mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlarimiz ham faol ishtirok etdi. Elektoratimiz hisoblangan – tadbirkorlarimizning homiylik yordami ham stadionni tez fursatda ishga tushishida muhim omil bo‘ldi.

–O‘g‘lim 4-sinfda o‘qiydi. Bir haftadan buyon “Maktabimizga yangi stadion qurildi, ochilish marosimiga bormasangiz bo‘lmaydi”, deb quvonchi ichiga sig‘maydi, – deydi o‘zini Sanjar Ortiqov deb tanishtirgan yurtdoshimiz. – Bu ishda bosh bo‘lgan barcha mas’ullarga ota-onalar nomidan tashakkur bildiraman.

Tadbir so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga OʻzLiDeP logotipi tushirilgan kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    502
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-03 08:56:02

УзЛиДеП депутатларининг ешларимизга эътибори хар бир ота онани кувонтирса керак. Хайрли ишлар бошида турган рахбарларимиз ва партиядошларимизнинг намунали ишлари билан мактанамиз


Fikringizni qoldiring

+