O'zLiDeP deputati Angrenda Shvetsiya va Shotlandiyalik investorlar bilan sement zavodi bunyod etadi

05.11.2018, 09:09

O'zLiDeP deputati Angrenda Shvetsiya va Shotlandiyalik investorlar bilan sement zavodi bunyod etadi

Angrenda Shvetsiya va Shotlandiyalik investorlar hamda o‘zbekistonlik tadbirkorlar hamkorligida yangi sement zavodi qurilyapti. Yangi ishlab-chiqarish ob’ektining umumiy qiymati 14,5 mln. dollarga baholanmoqda.

Kuni kecha mazkur zavodga tamal toshi qo‘yilishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi rahbari, tadbirkor A.Begmatov ta’sisligi ostida qurilayotgan zavod kuniga 1200 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega.Uning qurilishi “AVA GTS GROUP” O‘zbek va Shvetsiya, Shotlandiya qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Yig‘ilishda yangi loyiha asosida bunyod etiladigan zavodning istiqboldagi manzarasi  aks ettirilgan maket va unda o‘rin olgan ob’ektlar bo‘yicha loyiha ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. Mutlaqo yangicha mexanizm bo‘yicha ishlab chiqilgan mazkur loyiha kelgusida Angren shahar salohiyati, aholi turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boisi, zavod eng zamonaviy va innovatsion texnologiyalar va so‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni chog‘da O‘zbekistonda 5 yirik sement zavodi faoliyat yurityapti. “Qizilqumsement”, “Ohangaronsement”, “Quvasoysement”, “Bekobodsement” va “Jizzax sement” zavodlari shular jumlasidandir.

O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1644
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+