Samarqandlik 50 nafar yoshlar O‘zLiDeP safiga qabul qilindi

05.11.2018, 09:20

Samarqandlik 50 nafar yoshlar O‘zLiDeP safiga qabul qilindi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda keyingi yillarda O‘zLiDeP tomonidan yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yaxshi samara berayotgani ta’kidlandi.

–Mazkur tadbirni aynan yoshlar orasida o‘tkazilayotganida juda katta ma’no bor. Zero, yoshlik – kuch g‘ayrat timsoli. Bu yoshda inson yangi-yangi g‘oyalar qurshovida bo‘ladi, – deydi O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi apparat rahbari Hasan Xo‘jaqulov.– Kelajagimiz yoshlar qo‘lida ekan, ana shunday faol yoshlar hisobiga safimizni kengaytirish  kelajakda yaxshi  natija berishiga ishonaman.

Tadbir yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 50 nafardan ortiq talaba-yoshlar O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    981
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

ва Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-05 15:45:23

Софдошларимиз сони кун кундан ортиб бормокда, бундан хурсандмиз. Барча партиядошларимизни УзЛиДеП нинг 15- йиллиги билан табриклаймиз. Келгуси сайлов даврида хам партиямиз катта катта ютукларни кулга киритади деб умид киламиз


Ю.Салимов O’zLiDeP Косон туман Кенгаши депутатлик гурухи билан ишлаш бўйича ижрочи котиби2018-11-05 10:17:47

O‘zLiDeP ташкил топганининг 15 йиллиги муносабати билан ташкил этилаётган тадбирлар мамлакатимизда ҳуқуқий демократик давлат ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш жараёнига кенг жалб этиш, фуқароларимизнинг ижтимоий-сиёсий, ҳуқуқий саводхонлигини ошириш борасида амалга оширилаётган ишлар самарасидир.


Fikringizni qoldiring

+