Jizzaxda 20 nafar talaba O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

05.11.2018, 11:20

Jizzaxda 20 nafar talaba O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan Jizzax Davlat pedagogika institutida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida ochiq muloqot tashkil etdi.

  Muloqotda ushbu loyihaning ahamiyati hamda “O`zLiDePda yoshlar kuni” loyihasi haqida, “Yosh liberallar” klubi va uning “Kelajak deputatlari”, “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhlari faoliyati to‘g‘risida yoshlarga kengroq ma’lumotlar berildi.

–Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz taraqqiyotini belgilay oladigan bilimli, tashabbuskor yoshlarni kashf etish, ulardan partiyaning zahira kadrlarini tayyorlab borishdan iborat, – deydi O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Akrom Shaharov. –Shu bois, bu boradagi tadbirlarni viloyatning  barcha oliy o‘quv yurtlarida tashkil etyapmiz.

Tadbir so‘nggida 20 nafar talaba-yoshlar O‘zLiDePning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

 Xolmat TO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Jizzax

viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    966
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шохрух Ўразбоев. Жиззах вилояти Зарбдор тумани O‘zLiDeP депутатлик гурухи ижрочи котиби2018-11-06 15:15:32

Ишларга ривож !!!


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-05 15:40:46

Маколадан куриниб турганидек, партия тамонидан утказилаетган тадбирдан кўзланган мақсад мамлакатимиз тараққиётини белгилай оладиган билимли, ташаббускор ёшларни кашф этиш, улардан партиянинг заҳира кадрларини тайёрлаб боришдан иборат,


Fikringizni qoldiring

+