O‘zLiDeP faollari Pekin shahridan axborot berdi

02.12.2017, 16:06

O‘zLiDeP faollari Pekin shahridan axborot berdi

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 29-noyabr kuni Parlamentning quyi palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik harakati hamda siyosiy partiyalar vakillari, xususan, O‘zbekiston Liberal – demokratik partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlaridan iborat bo‘lgan delegatsiya Pekin shahriga jo‘nab ketgan edi.

Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi va xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari o‘rtasidagi rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etayotgan O‘zLiDeP faollarining xabar berishicha, hozirda siyosiy partiyalar qurilishi, korrupsiyaga qarshi kurash, kadrlarni tanlash hamda ularni qayta tayyorlash masalalariga qaratilgan xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

Unda taniqli siyosatchilar va xorijiy mamlakatlardagi siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi va xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari o‘rtasidagi rasmiy uchrashuvlar joriy yil 10 dekbariga qadar davom etadi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1058
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+