O‘zLiDeP rahbari Bulung‘urdagi “Agro farovon zamin” MChJga xorijiy hamkorlar topishda ko‘maklashadi

05.11.2018, 16:37

O‘zLiDeP rahbari Bulung‘urdagi “Agro farovon zamin” MChJga xorijiy hamkorlar topishda ko‘maklashadi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Aktam Xaitov  tadbirkor va ishbilarmonlar bilan muloqot qilish, ular faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Bulung‘ur tumanidagi “Agro farovon zamin” MChJga tashrif buyurdi.

Ta’kidlash kerak, joriy yilda ishga tushgan mazkur korxona asosan, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, quritishga ixtisoslashgan. Hozirda korxonada 60 nafar ishchi-xodim mehnat qilyapti. 

–Mamlakatimizda tadbirkorlikka berilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, joriy yildan boshlab o‘z faoliyatimizni boshladik, – deydi “Agro farovon zamin” MChJ ta’sischisi Nodir Hamroyev. –Korxonamiz Belgiya va Turkiya davlatlaridan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

Tashrif chog‘ida O‘zLiDeP rahbari korxona faoliyati bilan tanishar ekan, tadbirkorni o‘ylantirayotgan muammolar bilan ham qiziqdi.

– Korxonamizning xomashyo tayyorlash, ya’ni meva va sabzavot yetishtirish uchun 115 gektar yer maydoni mavjud. Shuningdek, fermerlar bilan ham shartnoma imzolaganmiz. Lekin bir muammoyimiz bor, xom ashyo masalasida biroz qiynalyapmiz. Chunki korxonamiz asosan, eksportbop mahsulotlar tayyorlashga mo‘ljallangan. Hozirda Belgiya va Germaniya davlatlari bilan ham shartnoma imzolash arafasida turibmiz. Shu bois, xorijlik hamkorkorlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash uchun korxonamizni meva-sabzavotlar bilan ta’minlashda ko‘mak bersangiz.

O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov O‘zbekiston fermer dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi rahbari sifatida kelajakda tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish evaziga xomashyo borasidagi muammolarni ijobiy yechim topishga yordam berishini, shuningdek, yangi xorijiy hamkorlar topishda ko‘maklashishini aytdi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1041
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+