Ulug‘norning eng namunali quyi bo‘g‘ini va eng faol deputati aniqlandi

05.11.2018, 16:47

Ulug‘norning eng namunali  quyi bo‘g‘ini va eng faol deputati aniqlandi

 “Ulug‘nordavsuvmaxsuspudrat” qoshidagi BPT 2016 yilda korxona ishchilarining 5 nafari bilan tashkil etilgan edi. Hozirga kelib ularning soni 35 nafarga yetdi. Quyi bo‘g‘in yetakchisi Moxiraxon Odilovaning jonkuyarligi bilan mazkur tayanch nuqtada qator tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

E’tiborlisi, yangi qabul qilinayotgan qaror va rasmiy hujjatlar bilan tanishish, a’zolarning siyosiy ongi, huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkazilib kelinayotgan tadbirlarda istiqbolli kadrlar zahirasi ham boyib bormoqda.

Partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” ko‘rik-tanlovining Ulug‘nor tuman bosqichida mazkur quyi tuzilma partiya nufuzini oshirishda fidoyilik qilayotgan, partiya ustav va maqsadlarini jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatayotgan eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti deb topildi.

–Shuningdek, shu kuni “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” tanlovining tuman bosqichi ham yakunlandi, – deydi partiya Ulug‘nor tuman Kengashi apparat rahbari Turdixon Qosimova. – Unda O‘zLiDePning Xalq deputatlari tuman Kengashidagi 6 nafar deputati faoliyati batafsil o‘rganilib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun 21-Yangiobod saylov okrugidan Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman kengashiga saylangan Umarjon Abdullayev nomzodi tavsiya etildi.

Tanlovda tayanch bo‘g‘inlar va deputatlarning faoliyati atroflicha tahlil qilindi, yutuqlari e’tirof etilib, kamchiliklarini to‘g‘rilash uchun maslahat va tavsiyalar berildi.

Saidolim TO‘RAXO‘JAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    981
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+