Namanganda 36 nafar yosh O‘zLiDeP safiga qo‘shildi

06.11.2018, 11:37

Namanganda 36 nafar yosh  O‘zLiDeP safiga qo‘shildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Namangan muhandislik texnologiya instituti bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida muloqot o‘tkazdi.

 Muloqotda partiya hududiy tashkilotlariga siyosiy jihatdan yetuk, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni siyosiy jarayonlarga kengroq jalb etish, ulardagi bilim va ko‘nikmalarni yanada oshirish lozimligi ta’kidlandi.

–Loyihaning maqsadi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan iborat, – deydi  O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Abdulahad Alimbayev. – Shu boisdan, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilaridan kadrlar zaxirasini shakllantirib, ularni bosqichma-bosqich rahbarlik lavozimlarga tayyorlab borish, yosh istedod egalarini  qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Tadbirda partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 36 nafar yoshlar orasidan salohiyatli, bilimli va tashabbuskor talabalar partiya kadrlar zahirasiga olindi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    956
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+