Samarqanlik 100 nafardan ortiq yoshlar O‘zLiDePni tanladi

06.11.2018, 16:29

Samarqanlik 100 nafardan ortiq yoshlar  O‘zLiDePni tanladi

Samarqand veterinariya va meditsina institutida O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Orzular ro‘yobi – O‘zLiDeP bilan” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya faollari tomonidan siyosiy partiyalar faoliyati, O‘zLiDePning jamiyatdagi tutgan o‘rni va roli, dasturiy maqsad va vazifalari haqida talabalarga atroflicha tushunchalar berildi.

–Partiya tashkil topganiga bu yil 15 yil to‘ladi, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi rahbari Jamila Sayfiddinova. –O‘tgan davr mobaynida yurtimizda tadbirkorlarni  qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq, bugun tadbirkorlarimiz nafaqat oilasi, balki yurt rivojiga ham alohida ulush qo‘shib kelmoqda.

Tadbirda so‘z olganlar partiya hududiy tashkilotlariga siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etishda davr talablariga javob bera oladigan yigit-qizlarni siyosiy jarayonlarga kengroq jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, O‘zLiDeP tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi haqida talabalarga atroflicha ma’lumotlar berishdi.

–Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash  borasidagi g‘oyalari uchun  bugun  O‘zLiDePni tanlab, unga a’zo bo‘ldim, – deydi Samarqand veterinariya va meditsina instituti talabasi Ilyos Ergashev. – Bolalikdan tadbirkorlikka havas qilaman. Ular yurtimiz tayanchi. Ularning safi kengayishiga men ham xayrixohman.

Tadbirda partiya safiga kirish istagini bildirgan 100 dan ortiq talabalarga  a’zolik guvohnomasi topshirildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    996
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+