Yoshlarda internet madaniyatini oshirish kerak, deyishmoqda kegeylilik maslakdoshlarimiz

06.11.2018, 16:37

Yoshlarda internet madaniyatini oshirish kerak,  deyishmoqda kegeylilik maslakdoshlarimiz

O‘zLiDeP Kegeyli tuman Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikninig oldini olish masalalari” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda partiya tuman Kengashi xodimlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi  partiya deputatlik guruhi a’zolari, “Yoshlar qanoti” faollari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

– Internet tez va arzon axborot olish, uni qayta ishlash hamda  yetkazishda beqiyos manbadir, – deydi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Kengashi faoli K.Tanirbergenov. – Lekin yoshlarimiz kiradigan saytlarning hammasini ham ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradi, deb bo‘lmaydi. Shu bois, bugun yoshlarda axborot olish va undan foydalanish madaniyatini kuchaytirish, bu borada ta’lim muassasalarida targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadga muvofiq.  

Tadbirda loyiha doirasida yoshlar ishtirokida tok-shoular tayyorlash, o‘quv kurslari tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    996
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-07 08:40:56

Хакикатдан хам хамма анрсанинг экки тамони булади яхши ямон,. Хозирги эркин ривожланиш даврида интернетдан хар бир хонадон хар бир шахс фойдаланади. Сизга керакли барча маълумотларни олиш мумкин. Ешларимиз эса кизикувчанг булгани сабаб уларни укитиш ва интернетдан тугри фойдаланиш буйича маслахатлар берилса албатта максадга мувофик буларди.


Fikringizni qoldiring

+