O‘zLiDeP hazorasplik bir guruh fermerlarni taqdirladi

06.11.2018, 16:41

O‘zLiDeP hazorasplik bir guruh  fermerlarni taqdirladi

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi tomonidan partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya tuman Kengashi xodimlari, BPT raislari, tadbirkor va fermerlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.    

–2003 yildan buyon fermerlik bilan shug‘ullanaman, – deydi “Polvonpir” fermer xo‘jaligi rahbari Shavkat Quryazov.  – Bu yil paxta hosilini reja asosida 42 sentnerdan davlatga topshirdik va rejani ortig‘i bilan bajardik. Shu bilan birga, partiya tadbirlarida muntazam qatnashib turamiz. Sababi, jamiyatimizdagi yangiliklar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarning faol qatnashchisi bo‘lishimiz uchun partiya bizga zarur. Inchunun yangi qonunlardan xabardor bo‘lsak va unga amal qilsak, qonunlarda ko‘rsatilgan imtiyozlardan samarali foydalana olamiz.

Tadbirda partiya dasturiy maqsad-vazifalarini targ‘ib qilishdagi faolligi, vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi jonkuyarligi bilan yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan bir guruh partiya faollari O‘zLiDeP tuman Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.  

M. ABDIRIMOV,

O‘zLiDeP Hazorasp tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1012
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+