O‘zLiDeP faoli xotin-qizlar uchun fermerlik maktabi ochmoqchi

06.11.2018, 16:59

O‘zLiDeP faoli xotin-qizlar uchun fermerlik maktabi ochmoqchi

O‘zLiDeP Narpay tuman Kengashi “Hamida Yusupova” fermer xo‘jaligi dala shiyponida partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Qishloq xo‘jaligi amaliyoti – fermerlarning muvaffaqiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Mazkur fermer xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan meva-sabzavot, parranda go‘shti, baliq mahsulotlari bilan viloyat bozorlarini ta’minlab kelmoqda.

—Atrofimdagilar jamoat ishlariga qanday vaqt ajratasiz, bu sizga og‘irlik qilmaydimi, deb so‘rashadi, – deydi H.Yusupova. —Aksincha, bu kabi ishlar menga kuch bag‘ishlaydi. Misol uchun bu yil ham paxta topshirish rejasini birinchilardan bo‘lib bajardik. Ko‘rib turganingizdek, terimchilar qatorida turib paxta terishga kirishib ketganmiz. Bu men uchun o‘zgacha zavq beradi.

Ta’kidlash kerak, fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini yetakchisi H.Yusupova uzoq yillardan buyon qator xayrli ishlarda ham bosh-qosh bo‘lib kelmoqda. Kelgusida faoliyatini yanada kengaytirib, xotin-qizlar uchun fermerlik maktabini ochishni rejalashtiryapti.

Marhabo ChO‘LIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1058
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-07 08:46:05

Нарпайлик тадбиркор опамизнинг тажрибаларини намуна килса арзийди. Фермерлик йуналиши буйича хотин кизлар орасида укув ташкиллаштириш тугрисидаги яхши ниятини куллаймиз


Fikringizni qoldiring

+