O‘zLiDeP Marhamat tuman Kengashi faoliyati sarhisob qilindi

06.11.2018, 17:07

O‘zLiDeP Marhamat tuman Kengashi  faoliyati sarhisob qilindi

O‘zLiDeP Marhamat tuman Kengashi tumandagi “Konchilar” MFYda partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etdi.

Unda partiya tuman Kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari O’zLiDePning o‘tgan vaqt davomida erishgan yutuqlari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va galdagi vazifalar xususida so‘z yuritishdi.

– Faoliyatimiz davomida oldimizga qo‘yilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashishga harakat qilyapmiz, – deydi O’zLiDeP  Marhamat tuman Kengashi raisi Xafizaxon Mamarizayeva. – Tumanning eng chekka hududlariga ham kirib borib, aholi muammolarini ijobiy hal etishga ko‘maklashyapmiz. Bugun odamlarimizda partiyamizga bo‘lgan ishonch oshib boryapti. Qadamma-qadam kamchiliklarimizni bartaraf etib, yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surishga intilyapmiz.

Tadbirda bir guruh partiya faollari hamda fidoyi deputatlar O‘zLiDePning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Husanboy SHERALIYEV,

O‘zLiDeP Marhamat tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    916
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+