O‘zLiDeP yosh kashfiyotchilar, tadbirkor va fermerlar uchrashuvini tashkil etdi
07.11.2018, 15:06

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.
Partiya tashkil topganining 15 yilligi arafasida o‘tkazilgan tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi vakillari, Jizzax davlat politexnika institutining o‘qituvchi va talabalari hamda tadbirkor va ishbilarmonlar qatnashdi.
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda innovatsion g‘oyalar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan shart-sharoitlar, dolzarb loyihalarni moliyalashtirish tartiblari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berdi.
Tadbir davomida shuningdek, yosh olim va kashfiyotchilarning yangi loyihalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
–Tadbirda olimlarimiz va talabalarimiz tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta yangi loyiha taqdimotini o‘tkazdik, – deydi Jizzax politexnika instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Sirojiddin Tovboyev. – Ularning ko‘pchiligi aynan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Shu boisdan, institutimiz olimlari va kashfiyotchi yoshlari vohadagi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklariga mo‘ljallangan yangi innovatsion g‘oyalarga asoslangan loyihalarni ishlab chiqarishga harakat qilmoqda. Bu borada O‘zLiDeP bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish juda muhim.
–Bugungi tadbirda shamol elektro stansiyalarni joylashtirish va ishlab chiqarish innovatsion loyihamni tadbirkor va fermerlar e’tiboriga havola qildim, – deydi Jizzax politexnika instituti talabasi Botir Xoldorov. – Maqsadimiz – ular bilan birgalikda loyihani yanada takomillashtirish va ishlab chiqarishga jalb qilishdan iborat.
Tadbirda ishtirokchilar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.
Saidaxon UMARALIYEVA,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Mening ovozim – Vatanim kelajagi
21.09.2019, 11:51
-
Samarqandda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
17.09.2019, 17:49
-
Joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda 2 milliondan ortiq yoshlar ilk marotaba ishtirok etadi
08.09.2019, 10:58
-
Ishtixonda besh tashabbus doirasida o‘tkazilgan tadbirda 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi
26.08.2019, 16:13
-
O‘zLiDeP yoshlar uchun “QQAVTOTEXXIZMET” korxonasiga sayohat uyushtirdi
16.08.2019, 09:53
Bildirilgan fikrlar
Мелибоева Маъмура Толиповна Жиззах шаҳар2018-11-08 10:26:00
Янгиликка интилувчан ёш олим ва кашфиётчиларнинг янги лойиҳалари барчамизни қувонтирди!