“Veterinariya” bo‘limi qoshidagi BPT eng namunali quyi bo‘g‘in deb topildi

07.11.2018, 17:22

“Veterinariya” bo‘limi qoshidagi BPT eng namunali quyi bo‘g‘in deb topildi

O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan o‘tkazib kelinayotgan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovining Gurlan tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

– Tanlovda tumanimizda faoliyat yuritayotgan 66 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari ishtirok etdi, – deydi  O‘zLiDeP Gurlan tuman Kengashi apparat rahbari Rasulbek Karimov. – Tanlov davomida har bir tayanch nuqtaning o‘tgan davr davomida qilgan amaliy ishlariga jiddiy e’tibor qaratdik. Faolligi, partiyamiz bilan doimiy hamkorligi va ko‘plab natijalari bilan ajralib turadigan tuman “Veterinariya” bo‘limi qoshidagi BPT tanlovning tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

Ta’kidlash kerak, Mavluda Shermetova raislik qilayotgan mazkur boshlang‘ich partiya tashkiloti partiyamiz tashkil topganining dastlabki kunlaridayoq tuzilgan edi. Dastlab 5 nafar a’zo bilan ish boshlagan quyi bo‘g‘inning  a’zolar  soni bugungi kunga kelib 42 nafarga yetgan.

Xursand ARTIQOV,

 O‘zLiDeP Gurlan tuman

Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

       

Teglar
BPT #uzlidep15
  • Ko'rildi
    1047
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+