O‘zLiDeP rahbariga 40 nafarga yaqin tadbirkordan minnatdorchilik xati keldi

08.11.2018, 16:09

O‘zLiDeP rahbariga 40 nafarga yaqin tadbirkordan minnatdorchilik xati keldi

Bundan ikki oy avval O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi To‘rabek Nazarov boshchiligidagi ishchi guruh “Olmazor” kichik sanoat zonasiga borgan edi.    

Tashrif chog‘ida ishchi guruh a’zolari hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar faoliyati bilan yaqindan tanishish barobarida, ularni o‘ylantirayotgan muammolar bilan ham qiziqqan edi.

Ishchi guruhning tashrifidan so‘ng, oradan hech qancha vaqt o‘tmay, tadbirkor va ishbilarmonlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolar ijobiy hal etildi. Tadbirkorlarni erkin samarali faoliyat yuritishlari uchun keng sharoitlar, qulayliklar yaratildi. Eng muhimi, bundan elektoratimiz vakillari xursand. Bu haqida yaqinda “Olmazor” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan 40 nafarga yaqin tadbirkor imzo chekkan minnatdorchilik xatida bayon qilingan. O‘zLiDeP rahbari nomiga yozilgan xatda partiya Toshkent shahar Kengashi ishchi guruhi ochiq muloqot va uchrashuvlarda 50 ga yaqin muammo muhokama qilingani qayd etilgan.   

–To‘g‘risi, ishchi guruh tashrifidan so‘ng, ko‘p yillar davomida bizni qiynab kelayotgan ko‘plab muammolarga yechim topildi, – deydi Olmazor kichik sanoat zonasi rahbari U.Yunusov. – Quvonarlisi, kichik sanoat zonasida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Tadbirkorlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi yanada ortdi. Hozir tadbirkorlarimiz bor kuch g‘ayrati bilan yurt rivojiga hissa qo‘shishga harakat qilmoqda, yoshlar bandligini ta’minlashga munosib ulush qo‘shmoqda. Buning uchun O‘zLiDePdan minnatdormiz.

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP bu kabi ko‘plab xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lib, muammolarni joyida hal etib, aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda. Madsad bitta, xalqni rozi qilish, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash.  

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    2204
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўкав туман Кенгаши ижрочи котиби2018-11-10 16:05:27

Партиямиз шиори "Биргаликда биз кучмиз".Шундай экан халқнинг ичида бўлиш, унинг муаммоларини ўрганиш ва уларга амалий ёрдам кўрсатиш партия билан халқнинг жипслигига хизмат қилади.Олмазор туман Кенгашининг ютуқлари билан табриклаймиз, янгидан-янги зафарлар тилаймиз.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-08 17:21:53

O‘zLiDeP раҳбарига биз хам тадбиркорлар билан биргаликда миннатдорчилик билдирамиз, купчилик муоммаларнинг уз ечимини топиши рахбаримизнинг, партиямиз фаолларидан тузилган ишчи гурух аъзоларининг халкнинг орасида булиб уларнинг тилак ва истакларини эшитиб, тадбиркорликдаги тусикларни урганиб бартараф килишдаги амалий ердамлари туфайли албатта. Барча партиядошларимизни 15-йиллик байрам билан табриклаймиз


Fikringizni qoldiring

+