Poytaxtlik maslakdoshlarimiz safi 137 nafarga ko‘paydi

08.11.2018, 17:39

Poytaxtlik maslakdoshlarimiz safi 137 nafarga ko‘paydi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Tadbirkor yoshlar – O‘zLiDeP bilan” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi faollari siyosiy partiyalar faoliyati, partiyaning jamiyatda tutgan o‘rni va roli, dasturiy maqsad-vazifalari haqida talabalarga kengroq ma’lumotlar berishdi.

– Bolalikdan siyosiy jarayonlarga qiziqaman, – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Muhiddin Amirqulov – Shu bois, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan har bir partiyaning maqsad va vazifalari bilan tanishib chiqdim. Siyosiy partiyalar orasidan O‘zLiDePni tanladim va unga a’zo bo‘ldim. Boisi, bu partiya nafaqat tadbirkorlarni balki biz kabi yoshlarni ham qo‘llab-quvatlaydi.

Tadbir yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 137 nafar talaba partiya safiga qabul qilindi.

Murodjon  O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    398
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шукурборий Холиқов2018-11-08 18:46:31

Доим партиялар фаолиятига қизиқганман.Шунинг учун ўз партиямни аниқ белгилаб олдим.Бизга ўрнак бўладиган партия фаоллари билан давра сухбатларини тез тез ўтказиш яхши натижалар беришини кўриб турибмиз.Келажакда УзЛиДеП га омад тилайман


Толипова Турсуной Элдоровна2018-11-08 18:41:50

Биз хам ўз навбатида партия хақида унинг ғоялари мақсад чораларихақида чуқурроқ ўрганишни ва партия фаоллари билан яқиндан танишишни хохлардик.Ёшлар ўртасида шундай тарғиботларни кўпрқ олиб борилса биз хам хурсанд бўлар эдик.


Fikringizni qoldiring

+